Kuzatuvchi.uz / KOMMUNAL XIZMATLAR UCHUN MAJBURIY TO‘LOVLARNI TO‘LASH MUDDATLARI

KOMMUNAL XIZMATLAR UCHUN MAJBURIY TO‘LOVLARNI TO‘LASH MUDDATLARI

Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining 134-moddasiga asosan, Davlat uy-joy fondining ko‘p kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar ko‘rsatish majburiy to‘lovlar uch oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda to‘xtatib turiladi, bundan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno.

Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq to‘lash amalga oshirilmagan taqdirda, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

15-05-2024, 19:37
Saytga qaytish