Kuzatuvchi.uz / MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMSHIRASI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMSHIRASI

Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida qarori, 25.07.2019 - yildagi 626-son qaroriga  muvofiq taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishini hamda iste’molga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning taomlarni tayyorlashda to‘g‘ri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan me’yorlar asosida sarflanishini ta’minlashi, tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga asosan tashkil etadi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo‘yicha ta’minlanishi yuzasidan har o‘n kunlik hisobotini yuritshi, yig‘ma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib borshi, tayyor taomlardan sinama olish, ularning organoleptik (hid bilish, ta’m bilish, ko‘rish) usul asosida baholanishini va jurnalga qayd etishni hamda taomlardan olingan sinamalar talab etilgan darajada saqlanishini ta’minlashi hamda xo‘jalik mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzshi belgilangan.

Har uch yilda bir marta belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

15-05-2024, 19:27
Saytga qaytish