Kuzatuvchi.uz / DIREKTORLARDA OYLIGINI 50% GA UNING O‘RINBOSARLARI ESA OYLIGINI 30%GA KO‘TARISH IMKONI PAYDO BO‘LGAN

DIREKTORLARDA OYLIGINI 50% GA UNING O‘RINBOSARLARI ESA OYLIGINI 30%GA KO‘TARISH IMKONI PAYDO BO‘LGAN

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi mazkur nizomga ko‘ra 2024-yil 1-sentabrdan boshlab (https://lex.uz/docs/6705811) menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

maktab direktorlariga — 50 foiz;

maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.

Kursda o‘qimoqchi bo‘lganlar manager.uzedu.uz  platformasidan ro‘yxatdan o‘tib kursda o‘qishlari mumkin. 

Ya’na bir narsani eslatib o‘tish kerak.  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Ya’ni agar siz o‘qituvchi bo‘lib menejerlik sertifikatiga ega bo‘lsangiz maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasiga kritilasiz.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

23-01-2024, 00:32
Saytga qaytish