Kuzatuvchi.uz / MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan   “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” Nizomga asosan, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qisqa muddatli guruhlar uchun taomnoma alohida tuziladi va tashkilot direktori tomonidan tasdiqlanishi belgilangan hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun har o‘n kunlik taomnomalar blankalari ip o‘tkazib bog‘langan holda oldindan raqamlanadi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri va bosh hisobchi tomonidan raqamlanib imzolanadi, muhrlanadi va alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha brakeraj komissiyasi tashkil etilishi belgilangan.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining brakeraj komissiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yil uchun alohida qabul qilinadi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi bo‘lib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar  vakillari a’zo sifatida kiritiladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

15-05-2024, 19:25
Saytga qaytish