Kuzatuvchi.uz / TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI

TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024 - yildagi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori bilan tasdiqlangan  Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi to‘g‘risidagi  Nizomga asosan, ta’lim turlari bo‘yicha  maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, oliy ta’limdan keyingi ta’limning, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, shuningdek maktabdan tashqari ta’limning davlat ta’lim talablari asosida ta’lim standartlari ishlab chiqilishi belgilangan hamda o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari Xalqaro tasniflagichning 3-darajasidagi belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilishi va o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim bosqichi bitiruvchilari (XI sinf) O‘zbekiston Respublikasi Milliy malaka ramkasining 3-malaka darajasida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Bunda o‘rta ta’lim bosqichida umumta’lim fanlariga ustuvorlik berilgan holda qisqa muddatli kasbga tayyorlash dasturlari ham o‘qitilishi, boshlang‘ich professional ta’limning davlat ta’lim standarti tayanch o‘rta ta’lim natijalarini hisobga olgan holda, ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda umumta’lim fanlari bilan birga Milliy malaka ramkasining 3-malaka darajasiga tegishli bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘qitilishi belgilangan.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

15-05-2024, 18:30
Saytga qaytish