Kuzatuvchi.uz / YOSHLARGA YER AJRATISH

YOSHLARGA YER AJRATISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2024 - yildagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  PQ-153-son qaroriga muvofiq,  2024-yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga oluvchi yoshlarning toifasi quyidagicha belgilangan.

1. “temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi

2. “ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi

3. “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

4. “mehr daftari”ga kiritilgan yoshlar

5. “ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi

6. oilasi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.

7. huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan yoshlar.

8. xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan qaytgan yoshlar.

9. boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.

10. I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sog‘lom farzandi II. nogironligi bo‘lgan bola parvarishi bilan shug‘ullanayotgan yosh oila (er-xotinning biri).

12. ota-onalardan birida  I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoki ota-onasida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.

13. tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan yosh fuqaro.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


15-05-2024, 18:05
Saytga qaytish