Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi
Unga ko'ra, 2024-yil 1-maydan quyidagilar belgilandi:
zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so'm;
ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 so'm;
o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so'm;
boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so'm;
boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 so'm.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.