Kuzatuvchi.uz / OLINGAN KREDITNI QAYTARISH MAJBURIYATINI BOSHQA SHAXSGA O‘TKAZSA BO‘LADIMI?

OLINGAN KREDITNI QAYTARISH MAJBURIYATINI BOSHQA SHAXSGA O‘TKAZSA BO‘LADIMI?

Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga asosan, qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazish mumkin, faqat bunga kreditor (Kredit bergan bank)ning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

 

Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli. (✏️ Ya’ni, bankdan kredit olgan shaxs unga kredit bergan bankka qanday e’tiroz bildirishi mumkin bo‘lsa, uni qarzini to‘lashni bo‘yniga olayotgan ikkinchi shaxs xam shunday huquqqa ega bo‘ladi)

 

Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi shaxslar yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasa, qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor bo‘ladi. (✏️ Ya’ni, men birinchi kredit olgan shaxsga kafil edim. Shartnoma o‘zgarganidan keyingi kredit to‘lovchini men tanimayman va unga kafil bo‘lishni istamayman deb o‘rtadagi kafil o‘yindan chiqishi xam mumkin degani bu)

 

Demak, kredit olgan shaxs o‘z kreditini to‘lash majburiyatini boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin faqat, buning uchun bankning roziligi kerak bo‘ladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

23-01-2024, 00:28
Saytga qaytish