Kuzatuvchi.uz / DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-sonli Qarori bilan Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Sertifikat (Certificate for the export of sprouts or seeds intended for the production of sprouts for human consumption) iste’mol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlar eksporti uchun beriladi. 

Iхtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston bojхona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanmagan urugʻlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Urugʻlarni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq hoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizom quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish tartibi va ularni sertifikatlashtirish shartlari;

Agentlikning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi;

rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi belgilandi. 

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-05-2024, 02:53
Saytga qaytish