Kuzatuvchi.uz / AVTOMOBILLARNI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH MUDDATLARI

AVTOMOBILLARNI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH MUDDATLARI

 

Prezidentning 28.06.2022-yildagi PQ-298-son qaroriga ko‘ra;  

 (https://lex.uz/docs/6085802)

 Jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi;

 

yengil avtomototransportlar(tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar bundan mustasno)quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:

 

 ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

 

 ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

23-01-2024, 00:25
Saytga qaytish