Kuzatuvchi.uz / INTERNET VA ALOQA QAMROVINI KENGAYTIRISH UCHUN SHAROITLAR YANADA YAXSHILANADI

INTERNET VA ALOQA QAMROVINI KENGAYTIRISH UCHUN SHAROITLAR YANADA YAXSHILANADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-912-son, 23.02.2024 y.) bilan ayrim qonunlarga o'zgartirishlar kiritildi. 

Qonun bilan “Davlat boji to'g'risida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi qonunlarga ko'chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari respublika hududida yo'ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko'rsatish kabi faoliyat turi bilan to'ldirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-05-2024, 02:33
Saytga qaytish