Kuzatuvchi.uz / MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI

MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-136-sonli Mahallalarda futbol ingfratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

Futbolni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallalardan boshlab iqtidorli yoshlarni saralab olish (seleksiya) tizimini yaratish maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanadi:

● mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targʻibot-tashviqot ishlarni tashkil etish;

● mahallalarda mavjud boʻlgan futbol boʻyicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanishni tashkil etish;

● mahallalarda futbol boʻyicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoalari”ni shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;

● mahalla yoshlarining futbol bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish boʻyicha sport-ta’lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish.

Mahalladagi yoshlar yetkchisining hududlarda futbol sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlari ishlari boshqarmalari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari, sport maktablaridagi futbol boʻyicha direktor oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti hisobidan mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi.

Mahallalarda 12-15 yosh toifalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16-30 yosh toifalarida oʻrtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazish rejalashtirilgan. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-05-2024, 12:25
Saytga qaytish