Kuzatuvchi.uz / JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL TIZIMI JORIY ETILADI

JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL TIZIMI JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 25.03.2024-yildagi PQ-139-sonli “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash uchun yuridik shaхs tashkil etmasdan ochilgan maхsus jamgʻarmalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga oʻtkaziladi.

Joylarda yoʻlkira tushumlari monitoringini va yoʻlovchi tashish transporti yoʻnalishlarini tahlil qilish maqsadida iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida "Maхsus jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari" tashkil etiladi.

2024-yil 1-iyunga qadar:

● jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etiladi;

● Toshkent shahri muntazam avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar teхnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yoʻlaklarda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish boʻyicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

Hujjat bilan shuningdek Nukus shahar va boshqa viloyatlar markazlarida muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etishning asosiy parametrlari tasdiqlandi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-05-2024, 12:13
Saytga qaytish