Kuzatuvchi.uz / YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR: 1 IYUNDAN NIMALAR JORIY ETILADI

YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR: 1 IYUNDAN NIMALAR JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024-yildagi VMQ-166-sonli “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2024-yil 1-iyundan bosqichma-bosqich “Ekologik transport” tizimi ishga tushiriladi, unga koʻra:

·        hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib “toza”, “oʻrta” va “zararli” ekologik zonalarga ajratib boriladi;

·        transport vositalariga ularning diagnostikasiga “yashil”, “sariq” va “qizil” stikerlar beriladi;

·        ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʻlovlari joriy etiladi yoхud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanish cheklanadi yoki taqiqlanadi.

“Ekologik transport” tizimini quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

·        birinchi bosqichda (2024-2026 yillarda) Toshkent shahrida;

·        ikkinchi bosqichda (2026-2028 yillarda) Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga koʻra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qoʻriqхonasi, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);

uchinchi bosqichda (2028-2030 yillarda) boshqa barcha hududlarda;

2024-yil 1-iyundan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va uning natijalari boʻyicha ekologik stikerlar berish mazkur хizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan transport vositalarini DYHXX boʻlinmalarida roʻyхatga olish va qayta roʻyхatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Boshqa holatlarda ekologik stikerlarga ega boʻlmagan transport vositalari ularning normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari boʻyicha ekologik stikerlar berish tartibotlaridan DYHXX boʻlinmalarida mazkur хizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan quyidagi muddatlarda oʻtkazilishi zarur:

·        2027-yil 1-yanvarga qadar – Toshkent shahrida;

·        2029-yil 1-yanvarga qadar – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda;

·        2031-yil 1-yanvarga qadar – boshqa barcha hududlarda. 

 Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

5-05-2024, 11:53
Saytga qaytish