Kuzatuvchi.uz / TRANSPORTNI ROʻYХATDAN OʻTKAZGANLIK UCHUN TOʻLOV STAVKALARI YANGILANMOQDA

TRANSPORTNI ROʻYХATDAN OʻTKAZGANLIK UCHUN TOʻLOV STAVKALARI YANGILANMOQDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.

Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini roʻyхatdan oʻtkazish va qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari toʻlanadi.

Boshqa barcha avtotransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish va qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov BHMning 6,84 baravari miqdorida oʻrnatilmoqda (ilgari – BHMning 10%). 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

5-05-2024, 11:51
Saytga qaytish