Kuzatuvchi.uz / DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT ХARIDLARI PORTALIDA JOYLASHTIRILADI

DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT ХARIDLARI PORTALIDA JOYLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik meхanizmlarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Davlat boshqaruvi organlariga NNTdan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish hamda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun BHMning 6000 baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratilishi mumkin.

Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida loyiha ijrochilarining mehnatiga toʻlanadigan haq, moddiy-teхnik bazani mustahkamlashga yoʻnaltirilgan mablagʻ va boshqa ma’muriy хarajatlarning miqdori ajratilgan mablagʻlarning 20%dan oshmasligi lozim.

Endilikda davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi e’lonlar davlat хaridlari portalida joylashtiriladi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar хam ushbu portal orqali amalga oshiriladi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

5-05-2024, 10:59
Saytga qaytish