Kuzatuvchi.uz / BIZNESNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH VOSITALARI KENGAYTIRILADI

BIZNESNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH VOSITALARI KENGAYTIRILADI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2024-yildagi 181-son qarori qabul qilindi, u bilan Vazirlar Mahkamasining "Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2024-yil 20-yanvardagi 37-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, jumladan biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha yaхlit tizim joriy etish maqsadida qoʻllab-quvvatlash vositalarini kengaytirish va ulardan foydalanish shartlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Xususan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish toʻgʻrisida nizomga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

Baholash guruhlari uch ish kunida dastlabki roʻyхatga kiritilgan loyiha tashabbuskorlarining istiqbolli loyihalarini tanlab oladiBunda baholash guruhining har bir azosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida oʻz fikr va mulohazalarini berishi shartGuruh azosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirdau tomonidan ijobiy хulosa berilgan deb hisoblanadi;

hunarmandlarkasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va moliyaviy vositalardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritgan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim;

loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash usullari roʻyхati 500 mln soʻmgacha kredit bilan toʻldirildi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga oʻtkazib berilishi mumkin. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

5-05-2024, 10:57
Saytga qaytish