Kuzatuvchi.uz / TOSHKENTDA BESHINCHI PARAOSIYO OʻYINLARI OʻTKAZILADI

TOSHKENTDA BESHINCHI PARAOSIYO OʻYINLARI OʻTKAZILADI

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2024-yildagi “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-avgustdagi 468-sonli Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 198-son Qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Xususan, dastur bilan koʻra Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vakillarini Oʻzbekistonga tashrifi va ularni Oʻyinlarni oʻtkazish ob’yektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek:

·        IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;

·        Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha boshqaruv kengashi tarkibi;

·        Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlanmoqda. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

3-05-2024, 00:39
Saytga qaytish