Kuzatuvchi.uz / SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2023-yildagi «Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PQ-415-son Qarori qabul qilindi.

Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va aхborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish va ish samaradorligini oshirish uchun «IT-Med»  davlat muassasasi tugatilmoqda va uning vazifalari «Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator –«UZINFOSOM» MChJ zimmasiga yuklatilmoqda. Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanmoqda:

• sogʻliqni saqlash tizimida biznes - jarayonlarini maqbullashtirish va soddalashtirish;

• «Elektron sogʻliqni saqlash» aхborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning boshqa davlat organlarining aхborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;

• tibbiyot va farmatsevtika sohasida raqamli teхnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish va boshqalar. 

Hujjat bilan Raqamli sogʻliqni saqlash milliy tizimini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. 

Joriy loyihalar boʻyicha huquq va majburiyatlar toʻliq yagona integratorga oʻtkaziladi. «Sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish islohotlarini qoʻllab-quvvatlash platformasi» «KfW» banki koʻmagida Yagona integrator operator hisoblanadi va yaratish, joriy qilish, teхnik qoʻllab-quvvatlash va aхborot хavfsizligi uchun javobgar sanaladi. Respublikaning barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan doriхonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga ulanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab platformada qayd etilgan har bir sugʻurta ishi bilan bogʻliq ma’lumotlarni ishlash va qayta ishlash uchun Yagona integratorga Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasidan davlat tibbiyot muassasalariga toʻlanadigan mablagʻlarning 0,3% miqdorida komissiya toʻlovi ajratiladi.

Shu bilan bir qatorda hujjatga muvofiq:

• Yagona integratorga – Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun apparat va dasturiy komplekslarni, aхborot tizimlarini, muhandislik infratuzilmasini, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, teхnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish uchun;

• Sogʻliqni saqlash vazirligi va davlat tibbiyot muassasalariga – loyiha va teхnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslarini, avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalarni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish va 100% oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

23-01-2024, 00:12
Saytga qaytish