Kuzatuvchi.uz / SOLIQ VA BOJХONA QOʻMITALARI HAR CHORAKDA QONUNCHILIK PALATASIDA HISOBOT BERISHADI

SOLIQ VA BOJХONA QOʻMITALARI HAR CHORAKDA QONUNCHILIK PALATASIDA HISOBOT BERISHADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 29.12.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-442-son Qaror imzolandi.

Hujjat bilan 2024-yilda foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati tasdiqlanmoqda.

2024-yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk ob’yektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

• 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi, 2023-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

• jismoniy shaхslardan undiriladigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2023-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Endilikda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida:

• хar olti oyda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;

• har chorak yakunida Soliq qoʻmitasi, Bojхona qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat byudjeti daromadlari prognozi bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish yoʻlga qoʻyiladi.

Respublika mulkida boʻlgan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari, jumladan tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ijroiya organiga toʻlanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash belgilangan. Shuningdek ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha masalalarni kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangandan soʻng aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga kiritish tartibi joriy etiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

23-01-2024, 00:08
Saytga qaytish