Kuzatuvchi.uz / 2024-YILGI DAVLAT BYUDJETI UNING QABUL QILINISHI MUNOSABATI BILAN NIMALAR OʻZGARDI

2024-YILGI DAVLAT BYUDJETI UNING QABUL QILINISHI MUNOSABATI BILAN NIMALAR OʻZGARDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.12.2023-yildagi PF-221-son Farmoni bilan «Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentning ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 

Shunday qilib, Prezidentning 7.03.2022-yildagi PF-87-sonli «Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoniga qoʻshimcha sifatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilar uchun oziq-ovqat хarajatlari toʻliq davlat byudjetidan qoplanishi belgilandi.

Prezidentning 26.05.2023-yildagi PF-79-sonli «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq:

– 2030-yil  1-yanvargacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi (Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari bundan mustasno) 1% miqdorida belgilandi.

Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklarining taklifiga koʻra tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashlarining qarorlari asosida tumanlar (shaharlar) byudjetlarida shakllantirilgan qoʻshimcha manbalar hisobiga daraхt va butalarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlariga mablagʻlar ajratilmoqda. Prezidentning 30.12.2021-yildagi PF-46-sonli «Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga oʻzgartirish kiritildi. Ilgari ushbu tadbirlar uchun mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalaridan 2% gacha mablagʻ ajratilgan.

Hujjat bilan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari, shuningdek davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash belgilandi:

Prezidentning 14.01.2019-yildagi PF-5630-son «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Farmoniga oʻzgaririshlar kiritildi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

23-01-2024, 00:06
Saytga qaytish