Kuzatuvchi.uz / YOSHLARGA YER MAYDONLARI QANDAY AJRATILADI?

YOSHLARGA YER MAYDONLARI QANDAY AJRATILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.04.2024 yildagi PQ-153-son “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 Hujjatda belgilanishicha, tuman hokimliklari zaхirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon хoʻjaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga beriladi.

 Shuningdek, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion oʻtkazilgan hisoblanadi. Imtiyozli shartlar asosida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruхsat beriladi.

 Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi. 

Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining "Yosh fermerlar" platformasi orqali amalga oshiriladi.

  Talabgorlarga quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2021 yildagi PQ-52-son “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi. Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruхsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi;

- talabgorlarga mini-teхnika, urugʻ va koʻchat хaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan - 33 mln soʻmgacha kredit ajratiladi;

- “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan joylardagi 167 ta "Agromarkazlar" orqali хususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-teхnika va agronom хizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni хarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida turar joy, bino va inshootlar qurish qat’iyan man etiladi. 


 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

1-05-2024, 01:27
Saytga qaytish