Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, 2024-yilda o'rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko'chat yetishtirish ishlarini yo'lga qo'yish orqali kamida 10 ming nafar aholining bandligi ta'minlanishi belgilangan. 

Bunda:

-o'rmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida ko'chat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;

-kasanachilik asosida ko'chat yetishtirish belgilangan sxema bo'yicha amalga oshiriladi;

-kasanachilik asosida ko'chat yetishtirishni yo'lga qo'yish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablag'lar Ekologiya jamg'armasi hisobidan ajratiladi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-04-2024, 01:49
Saytga qaytish