Kuzatuvchi.uz / AHOLINING BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH TAKOMILLASHTIRILADI

AHOLINING BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH TAKOMILLASHTIRILADI

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:

-33 million so'mgacha, bir yildan so'ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo'shimcha 50 mln so'mgacha revolver asosida;

-ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

-yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo'lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so'mgacha garovsiz;

 

-10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so'mgacha garovsiz.

 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-04-2024, 01:48
Saytga qaytish