Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Konstitutsiyasida fuqarolarning atrof-muhit va ekologiyaga oid quyidagi huquqlari mavjud: 

 Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega.

 Davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

 Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar ko‘radi. 

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-04-2024, 01:42
Saytga qaytish