Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Veb-sayt egasi va bloger internetdagi sahifasida nimalarga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini bilasizmi?

 - Veb-saytning va veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internetdagi o‘z veb-saytida va veb-sayt sahifasida yoxud boshqa axborot resursida quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi shart:

O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;

▪️ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglarda, ko‘cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish;

▪️jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish;

▪️urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

▪️davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etish;

▪️milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

▪️jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

▪️giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targ‘ib qilish;

▪️pornografiyani, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni targ‘ib qilish, shuningdek o‘z joniga qasd qilishga da’vat etish;

▪️fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga yoxud o‘zga shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi g‘ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish;

▪️qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan o‘zga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilish.    

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-04-2024, 01:41
Saytga qaytish