Kuzatuvchi.uz / TAMAKI MAHSULOTLARINI QONUNGA XILOF RAVISHDA ISHLAB CHIQARISH YOKI MUOMALAGA KIRITISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK

TAMAKI MAHSULOTLARINI QONUNGA XILOF RAVISHDA ISHLAB CHIQARISH YOKI MUOMALAGA KIRITISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK

Qonunchilikka ko‘ra, tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda (66 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha) jarima;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Shuningdek, mazkur harakatlar quyidagi holatda sodir etilgan bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi:

🔹juda ko‘p miqdorda;

🔹uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab    

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-04-2024, 01:40
Saytga qaytish