Kuzatuvchi.uz / QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI OʻRNATGAN VA ULARDAN FOYDALANAYOTGAN SHAXSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR?

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI OʻRNATGAN VA ULARDAN FOYDALANAYOTGAN SHAXSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR?

Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.  

Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy ichida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali  roʻyxatdan oʻtkazilganda 1 foizi qaytarilishi kerakligi belgilandi.

Shuningdek, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran uch yil muddatga, quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi:

ushbu qurilmalar boʻyicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda boʻyicha — foyda soligʻini;

uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

22-01-2024, 19:34
Saytga qaytish