Kuzatuvchi.uz / SUG'URTA POLISLARINI QOG'OZ SHAKLIDA RASMIYLASHTIRISH AMALIYOTI BEKOR QILINADI

SUG'URTA POLISLARINI QOG'OZ SHAKLIDA RASMIYLASHTIRISH AMALIYOTI BEKOR QILINADI

Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident Qarori (PQ-108-son, 01.03.2024 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan: 

-sug'urtaning barcha turlari bo'yicha sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tkazish va sug'urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi; 

-barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislarini faqat qog'oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi; 

-sug'urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo'ladi hamda sug'urtalovchi tomonidan lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo'pol ravishda buzish hisoblanadi; 

-Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug'urtalovchilar tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifati bo'yicha sug'urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi. 

Quyidagilarga shartnomalarning o'z vaqtida rasmiylashtirilishini ta'minlash majburiyati yuklatiladi: 

Soliq qo'mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini; 

Tog'-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini; 

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

24-04-2024, 01:26
Saytga qaytish