Kuzatuvchi.uz / “DEKRET” “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?

“DEKRET” “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?

Hozirda xodim bir farzandli bo‘lib dikretga chiqsa yana ikkinchi farzandi ulansa, ishlamay turib dikretga chiqsa dikret puli beriladimi yoki yoʻqmi?

Ha, “dekret” puli beriladi. Farzandlar soniga ham hech qanday cheklov yo’q. “Dekret”ni  “dekretga” ulansa ham takroriy homiladorlik  uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda berilaveradi. Ya’ni xodim 1-farzandi uchun “dekret”ga chiqib, so’ng bola parvarish ta’tili davomida 2, 3-larini ham ulab yuborsa ularga ham “dekret” to’lanaveradi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnoma [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667] 29-bandiga ko’ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.


J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

24-04-2024, 01:17
Saytga qaytish