Kuzatuvchi.uz / PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASH SHARTLARI

PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASH SHARTLARI

Pensiyalarni qayta hisoblash:

-pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;

-nogironlik guruhi o‘zgarganda;

-boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;

-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda;

-yoshga doir eng kam pensiya miqdori o‘zgarganda;

-daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda pensiya miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) indeksi (inflatsiya) darajasining o‘sish sur’atlari hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga asosan indeksatsiya qilinadi (oshiriladi).

-I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

13-04-2024, 02:28
Saytga qaytish