Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida qonuni bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.