Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7216) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo'lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo'yicha talabgorlarga quyidagi qo'llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.
Prezident qarorida (https://lex.uz/docs/-5774700) nazarda tutilgan shartlarda va mablag'lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln so'mgacha kredit ajratish;
Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo'ladi.
-talabgorlarga mini-texnika, urug' va ko'chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg'armasidan 5 million so'mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan – 33 mln so'mgacha kredit ajratish;
-joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug', ko'chat yetkazish, mineral o'g'it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo'lga qo'yiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.