Kuzatuvchi.uz / AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI KAMAYTIRILDI

AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI KAMAYTIRILDI

 

Prezident 16.01.2024-yilda OʻRQ-896-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi. 

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foizlik chegirma qoʻllaniladi, tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilingan hollar bundan mustasno.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 16-yanvar 2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

22-01-2024, 19:20
Saytga qaytish