Prezident tomonidan 16.01.2024-yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-897-son Qonun imzolandi.
Fuqarolar davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan maʼmuriy sudlarga murojaat qilganda davlat boji fuqarolardan oldindan undirilmasdan, ushbu boj toʻlovi ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra aybdor tarafdan undiriladi.
Shuningdek, mazkur bojning miqdori kamaytirilmoqda va endilikda BHMning 70 foizini tashkil etadi (ilgari 1 BHM boʻlgan).
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 17-yanvar 2024-yildan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.