Qonunchilikka ko'ra, noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko'maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko'rsatkichlari belgilab beriladi.
Ushbu ko'rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda 5 mln so'm miqdorida rag'batlantirib boriladi;
Shuningdek, alohida ahamiyatga ega nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarqatish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.
Temur RAJABOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.