Kuzatuvchi.uz / “HAYOTIY DAVR SHARTNOMASI”

“HAYOTIY DAVR SHARTNOMASI”

“Hayotiy davr shartnomasi”— obyekt mahsulotni barpo etish ishlab chiqishdan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi ishlarni bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun xarid qilish tartib-taomillari asosida tuzilgan hamda buyurtmachi va ijrochi o‘rtasidagi huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.03.2024-yildagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan “Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, Avtomobil yo‘llari, shu jumladan, yo‘lbo‘yi infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni saqlash, kommunal xo‘jaligi sohasidagi obyektlarni ya’ni, gaz, elektr, issiqlik va suv ta’minoti, suvni chiqarib tashlash, oqova suvlarni tozalash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, joylashtirish, zararsizlantirish va ko‘mish obyektlari loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni saqlash, ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash va ularni saqlash, dasturiy ta’minotlarni  loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishga tushirish va kelgusida qo‘llab-quvvatlash, yo‘nalishlarda obyektni barpo etishdan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi ishlar  “Hayotiy davr shartnomasi”ga asosan bajarilishi belgilangan.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

28-03-2024, 02:31
Saytga qaytish