Kuzatuvchi.uz / PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ULLANISHGA CHEKLOVLAR

PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ULLANISHGA CHEKLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Pedagogning maqomi to‘g‘risida  Qonuniga asosan, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi: qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar, qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar, psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

Pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

28-03-2024, 02:26
Saytga qaytish