Kuzatuvchi.uz / “MAHALLA YETTILIGI”

“MAHALLA YETTILIGI”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga asosan, “Mahalla yettiligi” — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori a’zolaridan iborat bo‘lgan guruh.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qaroriga ko‘ra, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining — “Mahalla yettiligi” a’zolari ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni yuritish uchun javobgarlik fuqarolar yig‘ini raisi zimmasiga yuklanishi belgilangan.

Bunda soliq inspektori va ijtimoiy xodimning ishga kelib ketishi bo‘yicha davomat tegishliligi bo‘yicha tumandagi soliq inspeksiyasi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hamda fuqarolar yig‘ini raisi o‘rtasida tuzilgan ishga kelib ketish grafigiga asosan yuritiladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimi bo‘sh bo‘lgan taqdirda, “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan ovozga qo‘yish orqali davomatni yuritish bo‘yicha vaqtincha mas’ul shaxs tayinlanadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni  yuritishga davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mansabdor shaxslarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-03-2024, 01:57
Saytga qaytish