Kuzatuvchi.uz / UNITAR KORXONA

UNITAR KORXONA

Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 70-moddasiga asosano‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanishi belgilangan

       Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi. Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.

Unitar korxona o‘z mulkida o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xo‘jalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-03-2024, 01:43
Saytga qaytish