Kuzatuvchi.uz / AGAR ХODIM ISHDAN BOʻSHASH HAQIDAGI FIKRINI OʻZGARTIRSA...

AGAR ХODIM ISHDAN BOʻSHASH HAQIDAGI FIKRINI OʻZGARTIRSA...

Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida har ikki taraf imzolagan yozma kelishuv bir tomonlama bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin emas. Bunga kelishuvning oʻzida taraflarga bunday huquq berilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Xuddi shu tartib хodim va ish beruvchining oʻzaro roziligi bilan belgilangan mehnat shartnomasini bekor qilish sanasiga ham tegishli. Uni faqat taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirish mumkin.

Shunday qilib, хodimning mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida imzolangan kelishuvni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi uni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Agar kelishuvda ishdan boʻshatishni bir tomonlama rad etish huquqi toʻgʻrisidagi shart boʻlmasa, siz хodimning noroziligiga qaramay, mehnat shartnomasini qoʻrqmasdan bekor qilishingiz mumkin. 

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organining mehnat shartnomasini tomonlarning kelishuviga koʻra  bekor qilishga roziligi talab qilinmaydi.

Xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanmaydi. Ish beruvchi moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda ushbu asos boʻyicha ishdan boʻshayotgan хodimlar uchun jamoa shartnomasi, boshqa ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki kelishuvning oʻzida moddiy koʻmak variantlarini nazarda tutishi mumkin.

Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvida shartlashilgan sanada bekor qilinadi, hatto u «kasallik» davri, ta’til yoki хodimning ish joyida boʻlmagan boshqa holatlarga toʻgʻri kelsa ham. Umumiy qoidaga koʻra  vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan davrda (sinov davri hamda ishdan boʻshatilgan kunni ham qoʻshib) paydo boʻlsa,  beriladi (Nizom 3-b. 08.05.2002 y. AV roʻyх.raqami 1136-son.).

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-03-2024, 01:02
Saytga qaytish