Kuzatuvchi.uz / SANATORIYAGA YO‘LLANMALAR QANDAY BERILADI?

SANATORIYAGA YO‘LLANMALAR QANDAY BERILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi reglamenti bilan tasdiqlangan 693-sonli qaroriga asosan. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar. 

Mazkur reglament keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga beriladi.

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

            Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil tarzda so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud bo‘lsa boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi;

tibbiy ma’lumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sog‘lomlashtirish tavsiya etiladigan ma’lumotnoma).

ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

so‘rovnoma zarur ma’lumotlar rasmiylashtirilgandan va kiritilgandan so‘ng keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan elektron imzo, mobil-id va boshqalar bilan tasdiqlanadi.

davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

Vakolatli organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng, ularning elektron reyestrini yuritadi va fuqarolar tomonidan kuzatib borilishi uchun navbatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida yangilab borilishini ta’minlaydi.

Yo‘llanmalar sanatoriylarning mavjud o‘rinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida navbat asosida beriladi.

Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi.

Vakolatli organ navbati kelgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qr-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan mazkur reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda yo‘llanmani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi yo‘llanma tushganidan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron manziliga yuboradi (mavjud bo‘lganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat qilgan taqdirda, ularning so‘roviga ko‘ra, ularga yo‘llanmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.

 

Shexnazarbek MADAMINOV,

Tuproqqal’a tumani davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.

19-01-2024, 19:50
Saytga qaytish