Kuzatuvchi.uz / NOGIRONLIGI BO’LGAN XODIMGA ISHGA KIRGANIGA 6 OY TO’LMASDAN MEHNAT TATILI BERSA BO’LADIMI?

NOGIRONLIGI BO’LGAN XODIMGA ISHGA KIRGANIGA 6 OY TO’LMASDAN MEHNAT TATILI BERSA BO’LADIMI?

Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan, 1 - ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin. Biroq ushbu moddaning 3 - qismiga asosan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi. Shu sababli siz hozir ta’til olishga haqlisiz.  Bu holatda ish beruvchi bilan kelishish ham shart emas ya'ni sodda qilib aytganda ish beruvchi bu holatda Xodimgaga ta'til berishga majbur.
Xodimga har yilgi mehnat ta’tili to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘langan holda beriladi.

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

27-03-2024, 11:59
Saytga qaytish