Kuzatuvchi.uz / KASB-HUNAR KOLLEJIDA TA'LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDA DIPLOMI DUBLIKATINI OLISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

KASB-HUNAR KOLLEJIDA TA'LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDA DIPLOMI DUBLIKATINI OLISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partalida ro‘yxatdan o‘tadi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi va yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. So‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab o‘n ish kuni mobaynida tegishli ta’lim muassasalari hamda kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini o‘z imzosi va muhri bilan rasmiylashtiradi hamda bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

 

Shexnazarbek MADAMINOV,

Tuproqqal’a tumani davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.

19-01-2024, 19:45
Saytga qaytish