Kuzatuvchi.uz / FUTBOL BO'YICHA MAHALLA TERMA JAMOALARI O'RTASIDA IKKI BOSQICHLI “MAHALLA LIGASI” O'TKAZILADI

FUTBOL BO'YICHA MAHALLA TERMA JAMOALARI O'RTASIDA IKKI BOSQICHLI “MAHALLA LIGASI” O'TKAZILADI

 Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7132) ko'ra, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi. 

 

Quyidagilar:

 

-har yili 1-yanvargacha mahallalarda o'tkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasi tasdiqlab boriladi;

 

-mahalla terma jamoalarining 12–15 yosh toifalari o'rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16–30 yosh toifalari o'rtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini o'tkazish tizimi yo'lga qo'yiladi;

 

-2024/2025-o'quv yiligacha “Mahalla ligasi” musobaqalarida o'z iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yo'naltirib borish tizimi yo'lga qo'yiladi.

 

- 2024-yildan barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 8–11-sinf o'quvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimi yo'lga qo'yiladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

 

26-03-2024, 00:35
Saytga qaytish