Kuzatuvchi.uz / “YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-138-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi.

 

Unga ko'raToshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZtashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30 yil).

 

MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliqbojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

MSZni boshqarish uchun mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.

 

Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo'lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.

 

MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari o'zlashtirilishinatijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi ta'minlanadi.

 

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

26-03-2024, 00:32
Saytga qaytish