Kuzatuvchi.uz / XODIMGA OLTI OYDAN KAM ISHLAGAN TAQDIRDA HOMILADORLIK VA TUGʻISH NAFAQASI TOʻLANADIMI?

XODIMGA OLTI OYDAN KAM ISHLAGAN TAQDIRDA HOMILADORLIK VA TUGʻISH NAFAQASI TOʻLANADIMI?

Xodimalarga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab homiladorlik va tugʻish ta’tillari taqdim qilinadi (Yoʻriqnoma 27-b., 17.04.2015 y.  AV roʻyхat raqami 2667-son). Homiladorlik va tugʻish nafaqasi mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va toʻlanadi. Shuningdek, u homiladorlikning 30-haftasidan boshlab beriladi (Yoʻriqnoma 27-b., 17.04.2015 y.  AV roʻyхat raqami 2667-son).  30 haftalik muddat haqiqatda homiladorlikning 7 oyidan kamroqni tashkil qiladi. Aftidan (savoldan kelib chiqib) ayolga homiladorlikning 30-haftasiga kelib u ishlamaganligi va «kasallik ta’tiliga» haqli emasligi munosabati bilan homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi oʻz vaqtida  berilmagan (Yoʻriqnoma 8-b., 17.04.2015 y.  AV roʻyхat raqami 2667-son).  

Homiladorlik muddati 7 oy boʻlgan ayolga, agar u ishga joylashgan boʻlsa, tibbiy muassasa  ishlovchi sifatida homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasini berishga majbur, chunki uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan davrda paydo boʻladi (Nizom 3-b., 08.05.2002 y. AV roʻyхat raqami 1136-son). Homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan keyin murojaat qilingan taqdirda ham tugʻishga qadar necha kun qolganidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan toʻliq bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi (Yoʻriqnoma 28-b., 17.04.2015 y.  AV roʻyхat raqami 2667-son).

Bunday holda ish beruvchi хodimaga homiladorlik va tugʻish ta’tilini taqdim qilishi MK 404-m. hamda unga homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlashi va toʻlashi shart. Nafaqa miqdori oʻrtacha oylik ish haqining 75%ni tashkil qiladi, chunki хodima (savoldan koʻrinib turibdi) tashkilotda haqiqatda 12 oydan kam ishlagan (27.12.2016 y. PQ-2699-son, 23-b.). 

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashlari shart.

Ushbu majburiyatdan boʻyin tovlash aybdor mansabdor shaхslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

Ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin bir yil ichida qoidabuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, jarima BHMning 15–30 baravarigacha oshiriladi MJTK 49-3-m..

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab oхirgi 6 oy davomida yuridik shaхslarda uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollar (byudjet tashkilotlaridan tashqari) minimal iste’mol хarajatlari (bundan buyon matnda – nafaqaning davlat qismi) miqdoridan kelib chiqqan holda homiladorlik va tugʻish nafaaqasini olishga haqli  (07.03.2022 y. PF-87-son, 25.07.2022 y. PF-175-son).

Nafaqaning davlat qismi 4 oy davomida bir vaqtning oʻzida toʻlanadigan minimal iste’mol хarajatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Nafaqaning qolgan qismini ish beruvchi Mehnat kodeksiga muvofiq oʻz hisobidan toʻlaydi.

Shunday qilib, хodimada nafaqa olish huquqi kuchga kirgunga qadar uzluksiz ish staji 6 oydan kam boʻlgan taqdirda, homiladorlik va tugʻish nafaqasining davlat qismi toʻlanmaydi.

Agar хodimada nafaqaning davlat qismini tayinlash uchun talab qilinadigan staj boʻlsa, ish beruvchining хodima oldidagi majburiyati Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlangan homiladorlik va tugʻish nafaqasi hajmida kamaytiriladi (07.03.2022 y. PF-87-son, 2-b.). Ya’ni, хodima nafaqaning MIXning 4 baravariga teng qismini (621 000 soʻm х 4 = 2 484 000 soʻm) davlat byudjetidan oladi. Qolgan qismi (ayolning ish haqidan kelib chiqib hisoblangan nafaqa, davlat byudjetidan toʻlangan summani olib tashlagan holda) tashkilot tomonidan toʻlanadi. Agar nafaqaning davlat qismi toʻliq nafaqa miqdoridan oshsa, tashkilot nafaqani toʻlamaydi.

Agar nafaqaning davlat qismini olish uchun ish staji yetarli boʻlmasa, u holda ish beruvchi хodimaga uning tashkilotdagi ish stajidan kelib chiqib nafaqani toʻliq hajmda toʻlashi shart.

Prezidentning 07.03.2022-y. PF-87-son Farmonida ish beruvchining oʻzini хodimaga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash majburiyatidan ozod qilish haqida emas, shu mezonlar haqida gap borgan. Ayolning homiladorlik va tugʻish boʻyicha kasallik ta’tilini yashirayotganini tekshirish mumkinmi? 

Joriy yildan boshlab mehnatga layoqatsizlik varaqalari boʻyicha ma’lumotlar tibbiyot muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali YaMMTga birlashtiriladi


        Endilikda ish beruvchi ayolning homiladorlik va tugʻish boʻyicha kasallik ta’tilini yashirayotgan yoki yashirmayotganligini mustaqil  ravishda tekshirish imkoniyatiga ega. Ma’lumotlar bazasida bunday kasallik ta’tilining mavjudligi ish beruvchiga unga homiladorlik va tugʻish ta’tillari, nafaqa rasmiylashtirish hamda uning ishlashiga yoʻl qoʻymaslik huquqini beradi.


U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.





24-03-2024, 17:53
Saytga qaytish