Qonunchilikka ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 340 ming so'mdan 1 mln 700 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.
Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishiga ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to'sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.