Kuzatuvchi.uz / ENDILIKDA KAMERALAR HARAKAT VAQTIDA XAVFSIZLIK KAMARINI TAQMAGAN HAYDOVCHILARNI QAYD ETADI

ENDILIKDA KAMERALAR HARAKAT VAQTIDA XAVFSIZLIK KAMARINI TAQMAGAN HAYDOVCHILARNI QAYD ETADI

Mazkur tartibni buzgan haydovchilar 165 ming so‘m midqorida jarimaga tortiladi.

Endilikda O‘zbekistonda qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning avtomobillarni boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi holatlarni aniqlaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

“Yo‘l harakati xavfsizligi” qoidalarining quyidagi bandlarida bu bo‘yicha:

Ta’kidlanishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismi bilan mazkur qoidalarga amal qilmaslik BHMning 50%i (165 ming so‘m) midqorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kimlar xavfsizlik kamarini taqmasliklari mumkin?

Quyidagilarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

Bundan tashqari, mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.

Prezidentning 2022-yilning fevral oyida qabul qilingan tegishli qarori bilan, Toshkent shahrida mavjud barcha chorrahalarni yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish belgilangan.

 

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

22-03-2024, 00:27
Saytga qaytish