Kuzatuvchi.uz / PREZIDENT QARORI BILAN IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI VAKOLATLARI KENGAYTIRILMOQDA

PREZIDENT QARORI BILAN IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI VAKOLATLARI KENGAYTIRILMOQDA

Endilikda vazirlik davlat sanoat siyosatini amalga oshirish va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul bo‘ladi.

Davlat sanoat siyosatini amalga oshirish va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifa va funksiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuklatilmoqda.

Ilgari bu Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, vazirlik mahalliy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, mahalliylashtirish va sanoat zonalarini rivojlantirish yo‘nalishlarini saqlab qolgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sanoatni rivojlantirish bo‘yicha berilgan vakolatlarni hisobga olgan holda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov endilikda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun global iqtisodiy-moliyaviy vaziyat hamda bozor konyunkturasi xavfini baholashga ham mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, u mazkur hodisalarning salbiy ta’sirini yumshatish va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash uchun sohalar, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli prognoz parametrlarini shakllantiradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Bobur Xo‘jayevga quyidagilar yuklatilmoqda:

Vazir o‘rinbosari Abiz Boboyev hududlarni sanoat rivojlanishi bo‘yicha ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish, sanoat zonalari va yangi tashkil etilayotgan yirik korxonalarning infratuzilma ta’minoti holatini tahlil qilish, ularni moliyalashtirishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda sanoat siyosatini amalga oshirish va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha byurosini tashkil etish rejalashtirilgan. Istisno tarzida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro konsalting kompaniyalari bilan bevosita shartnomalar tuzishi mumkin.

Hukumatga ikki hafta muddatda mazkur qaror asosida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritish topshirildi.

 

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

22-03-2024, 00:26
Saytga qaytish